Portugaliya milliy terma jamoasi va «An Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniyaning «Almeriya» klubi aksiyalarining 25 foizini sotib oldi. Bu haqda The Touchline nashri xabar bermoqda.
«Faqat maydonning oʻzida emas, balki futbolga boshqacha koʻrinishda ham hissa qoʻshishni ancha vaqtdan beri orzu qilardim. «Almeriya» — mustahkam poydevorga va oʻsish uchun aniq salohiyatga ega klub.
Jamoa rivojlanishining navbatdagi bosqichini qoʻllab-quvvatlash uchun klub rahbariyati bilan birga ishlash imkoniyatini intiqlik bilan kutyapman», — deydi Ronaldu.
Maʼlumot uchun, «Almeriya» hozirda Segunda turnir jadvalida 27-turdan soʻng 48 ochko jamgʻargan holda 3-o‘rinda bormoqda.
