Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi “Yuventus” bilan Filip Kostich transferi borasida muzokara olib bormoqda.
Matteo Morettoning xabariga ko’ra, tomonlar o’zaro kelishuvga erishishga yaqin turibdi. Kostich to’liq yoki ijaraga turk klubiga o’tishi mumkin.
Qayd etilishicha, futbolchining o’zi ham ushbu transferga qarshi emas. Shuningdek, so’nggi kunlarda “Galatasaroy” ham serbiyalik futbolchining atrofidagi vaziyat bilan qiziqmoqda.
Eslatib o’tamiz, avvalroq “Yuventus” Filip Kostich klubning kelajakdagi rejalarida yo’qligini ta’kidlagandi.