Londonning “Chelsi” klubi vingeri Mixail Mudrik qishki transferlar oynasida jamoasini tark etishi mumkin.
Caught Offside xabariga ko’ra, Kataloniyaning “Barselona” klubi ukrainalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda va yanvar oyida uni ijaraga olmoqchi.
Qayd etilishicha, “Chelsi” ham Mudrik bilan xayrlashishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Mudrik joriy mavsum klub safida jami 16 ta o’yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 30 million yevroga baholanmoqda.