Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti faoliyatini qachon yakunlashi haqida gapirdi.
“Men o’zimni uzoq vaqt murabbiy sifatida ko’raman. Futboldagi “olovim” tugamaguncha murabbiylik qilishda davom etaman”, – deydi Anchelotti.
Eslatib o’tamiz, avvalroq matbuotda Anchelotti Saudiya chempionatiga ko’chib o’tish haqida o’ylayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo’lgandi.
Ma’lumot uchun, Karlo hozirda 65 yoshda. Uning “Real” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning o’rtalariga qadar mo’ljallangan.