Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Xulian Alvares barcha musobaqalarda “matraschilar” safida o’tkazgan dastlabki 18 o’yinida 7 ta gol urdi.
Bu so’nggi uch yil ichida Madrid klubiga yangi kelganlar uchun eng yaxshi natijadir.
Faqatgina Luis Suares 2020/2021-yilgi mavsumda “Atletiko Madrid” safidagi dastlabki 18 ta o’yinida 11 ta gol urishning uddasidan chiqqan.
Eslatib o’tamiz, Alvares “Atletiko”ning La Liga doirasidagi “Malyorka”ga qarshi o’yinida (1:0) g’alaba goliga mualliflik qildi.