Yengil vazn toifasida Bellator chempioni Usmon Nurmagomedovning navbatdagi raqibi ma’lum bo’ldi. Bu haqda promoushen matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o’tamiz, rossiyalik jangchi bugun o’zining ikkinchi titul himoya janggini o’tkazdi va Aleksandr Shabliyni hakamlarning yakdil qarori bilan mag’lub etdi.
“Usmonning keyingi raqibi A.J. MakKi bo’ladi. Jang sanasi va manzili hozircha noma’lum”, – deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, MakKi hozirda 29 yoshda. U professional MMA’da 23 ta jang o’tkazgan va bir bor mag’lubiyatga uchragan.
Usmon Nurmagomedov esa faoliyati davomida 18 ta jangda ishtirok etgan va ularning barchasida g’alaba qozongan. Bitta janggi esa o’tkazilmagan deb topilgan.
