10-sentyabr kuni O’zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 saralashi doirasida Qirg’iziston bilan bahs olib boradi.
Uchrashuvdan oldin darvozabonimiz Abduvohid Ne’matov ushbu o’yin borasida o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
“Avvalo barcha xalqimizni o’tgan o’yindagi g’alaba bilan tabriklayman. Hozirda Qirg’iziston bilan o’yinga tayyorgarlik ko’ryapmiz. Har tomonlama ularning kuchli va kuchsiz tomonlarini o’rganyapmiz.
Hozir hamma futbol o’ynashni o’rgangan. Ularni ham ko’ryapmiz kuchli taraflari bor. Endi buyog’ini o’yin ko’rsatadi”, – deydi Ne’matov.
Eslatib o’tamiz, O’zbekiston – Qirg’iziston uchrashuvi 10-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.