Angliya Premyer-ligasining 32-turidan o’rin olgan “Manchester Siti” va “Kristal Pelas” ortasidagi bahs bo’lib o’tdi va yakunda “shaharliklar” kambek amalga oshirib, 5:2 hisobida g’alabani qo’lga kiritdi.
Dastlan, hisob 8-daqiqada Ebereche Eze tomonidan ochildi (0:1). 21-daqiqada esa Kris Richard farqni ikkitaga yetkazdi (0:2).
Shundan so’ng, Gvardiola shogirdlari hujumlarga e’tibor qaratdi va o’yin yakuniga qadar 5 ta gol urishga muvaffaq bo’lishdi.
Gollarga Kevin De Bruyne 33′, Omar Marmush 36′, Mateo Kovachich 47′, Jeyms MakKati 56′, Niko O’Rayli 79′ mualliflik qilishdi.
Afsuski, hamyurtimiz Abduqodir Husanov ushbu uchrashuvda zaxirada qoldirildi.