18 yoshli markaziy himoyachi Leni Yoro yozgi transferlar vaqtida “Lill”ni tark etib, “Manchester Yunayted”ga o’tishga qaror qildi.
Marca nashrining xabariga ko’ra, Yoro “Real”ga ham o’tishi mumkin edi, biroq madridliklar futbolchi uchun yiliga faqat 2,5 million yevro maosh to’lashga tayyorligini aytdi. “Manchester Yunayted” esa 9,5 million yevro taklif qildi.
Manbaga ko’ra, “Qirollik klubi” keyinchalik ushbu transferdan voz kechdi. Markaziy himoyachi Nacho jamoani tark etganiga qaramay, “Real” bu pozitsiya uchun ortiqcha mablag’ sarflashga tayyor emas edi.
Madrid klubi ushbu pozitsiyaga 17 yoshli markaziy himoyachi Xuan Martinesni jalb qildi. Biroq avgust oyining boshida futbolchi xochsimon paylarini shikastlab oldi.