Pep Gvardiola Edersonning “Manchester Siti”dan ketishiga qarshi chiqmoqda. Ma’lum bo’lishicha, darvozabonni Saudiyaning “Al-Ittihod” klubi o’z safiga qo’shib olmoqchi.
“Men chin dildan Edersonni qolishini istardim. Usiz oxirgi mavsumlarda g’alaba qozonishimizni tasavvur qilolmayman. U kiyinish xonasida muhim figura” – deydi “Man. Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola.
Ma’lumot uchun, Ederson 2017-yilning iyun oyidan buyon “shaharliklar” tarkibida o’ynab kelmoqda.