Angliya terma jamoasi va “Bavariya” klubi hujumchisi Harri Keyn Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va Luka Modrich haqida gapirdi.
“Messi, Ronaldu va Modrich 35 yoshdan oshganlaridagi o’yinlarini ko’rganimda, bu meni yanada ruhlantiradi. Ular o’z misolida ko’p yillar davomida eng yuqori saviyada o’ynashingiz mumkinligini ko’rsatmoqda.
Men ham imkon qadar uzoq vaqt davomida yuqori saviyada o’ynashni istardim”, – deydi Keyn.
Ma’lumot uchun, Keyn o’tgan mavsum Bundesliganing eng yaxshi to’purari bo’ldi. Hujumchi 32 ta o’yinda maydonga tushib, 36 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.