Amerikaning San-Diego shahrida Bellator Champions Series 4 turniri yakuniga yetdi.
Kechaning asosiy janggi Usmon Nurmagomedov va Aleksandr Shabliy o’rtasida kechdi.
Besh raund davom etgan jangda Nurmagomedov hakamlarning yakdil qarori bilan g’alaba qozondi va chempionlik unvonini himoya qildi.
Ma’lumot uchun, Usmon hozirda 26 yoshda. U 2017-yilda professional MMA’da debyut qilgan. Ushbu jangni qo’shib hisoblaganda Nurmagomedov jami 18 marta oktagonga ko’tarilgan va ularning barchasida g’alaba qozongan.
Aleksandr Shabliy esa hozirda 31 yoshda. Rossiyalik jangchi 2010-yilda professional MMA’da debyut qilgan. Umumiy hisobda Shabliy 27 marta oktagonga ko’tarilib, 24 ta jangda g’alaba qozongan va uch bor mag’lubiyatga uchragan.