Kataloniyaning “Barselona” klubi rahbariyati markaziy himoyachi Ronald Arauxo va hujumkor yarim himoyachi Frenki de Yongning kelajagidan xavotir olmoqda.
Mundo Deportivo xabariga ko’ra, kataloniyaliklarning shartnomani uzaytirish borasidagi taklifiga ushbu futbolchilardan haligacha javob kelgani yo’q.
Ta’kidlanishicha, “ko’k-anorranglilar” Arauxo va de Yongning agentlari bilan muzokaralar olib bormoqda, biroq bu hozircha hech qanday natija bermayapti.
Agar futbolchilar kelasi yozgacha shartnomalarini uzatirishmasa, klub ularni transferga qo’yish variantlarini ko’rib chiqa boshlaydi.
Ma’lumot uchun, Arauxo va de Yongning “Barselona” bilan tuzgan amaldagi shartnomalari 2026-yilning yozida yakuniga yetadi.