“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa yarim himoyachisi Kevin De Bruynening kelajagi haqida berilgan savolga javob berdi.
“Bu klub, Kevin va uning agenti o’rtasidagi masala. Men hozir bu haqida emas, mavsumni eng yaxshi nuqtada yakunlash haqida o’ylayapman.
Bizning Angliya Kubogi, Premyer-liga va klublar o’rtasidagi jahon chempionatida qiladigan ishlarimiz ko’p. Biz hozir shu haqida o’ynashimiz kerak”, – deya Gvardiolaning so’zlarini keltiradi Yahoo Sports.
Ma’lumot uchun, “shaharliklar” APL’ning 29-turidan so’ng 48 ochko jamg’argan holda turnir jadvalida 5-o’rinda bormoqda.