Taniqli Opta statistik platformasining superkompyuteri APL klublarining 2024/2025-yilgi mavsumda chempion bo’lish imkoniyatlarini bashorat qildi.
Unga ko’ra, chempionlik uchun asosiy davogar “Liverpul” deb topildi. Mersisaydliklarning oltin medallarni qo’lga kiritish ehtimoli 92,7 foizga baholanmoqda.
Shuningdek, ikkinchi o’rinni “Arsenal” (7,1 foiz), uchinchi o’rinni esa “Manchester Siti” (0,2 foiz) qo’lga kiritishi taxmin qilinmoqda.
Superkompyuterga ko’ra, Premyer-liga klublarining chempionlikni qo’lga kiritish imkoniyatlari:
“Liverpul” – 92,7 foiz;
“Arsenal” – 7,1 foiz;
“Manchester Siti” – 0,2 foiz;
“Chelsi” – 0,03 foiz;
“Nyukasl” – 0,02 foiz.
Ma’lumot uchun, hozirda APL turnir jadvalida ”Liverpul” 53 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Mersisaydliklar eng yaqin taqibchisi “Arsenal”da 6 ochko ilgarilab ketgan.