Bugun, 27-iyul kuni braziliyalik yosh iqtidor egasi Endrik rasman “Real Madrid” futbolchisi sifatida tanishtirildi.

Madridliklar Endrikni o’tgan mavsum avvalida sotib olgan, biroq shartnomaga muvofiq uni mavsum tugagach tarkibiga qo’shib olish mumkin bo’lgan. Klub uning transferi uchun bonuslar bilan birga 72 million yevro mablag’ to’lagan.
Futbolchi bugun rasman “Real Madrid” klubi a’zosi sifatida omma oldida tanishtirildi. Endrik avvalgi jamoasi “Palmeyras”da o’ynagani kabi, “qaymoqranglilar” safida ham 16-raqamda to’p suradigan bo’ldi.
Ma’lumot uchun, Endrik “Palmeyras” tarkibida 2022/2024-yillar oralig’ida 66 ta o’yinda maydonga tushib, jamoasining 18 ta goliga mualliflik qilgan.