Xorvatiya terma jamoasi va “Manchester Siti” klubi markaziy yarim himoyachisi Mateo Kovachich faoliyatini “An-Nasr”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Jeyms Beng xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Saudiya klubi xorvatiyalik futbolchini qishki transferlar oynasida o’z safiga qo’shib olishni rejalashtirgan.
Qayd etilishicha, Krishtianu Ronalduning shaxsan o’zi klubdan ushbu transferni talab qilmoqda.
Agar yaqin orada Sadio Mane yoki Taliska “An-Nasr”ni tark etsa, klub futbolchiga haftasiga 1 million funt maosh to’lashga tayyor.
Ma’lumot uchun, Kovachich o’tgan mavsum “Manchester Siti” tarkibida jami 51 ta o’yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “shaharliklar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi.