Angliyaning “Sautgempton” klubi bosh murabbiyi Ivan Yurich jamoa Premyer-ligadan tushib ketganidan so’ng iste’foga chiqarildi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Kecha “Sautgempton” Angliya chempionati yakunlanishiga 7 tur qolganida quyi ligaga ravona bo’ldi. Bu liga antirekordi hisoblanadi.
Manbaga ko’ra, xorvatiyalik mutaxassis “Sautgempton” Chempionship’ga tushib ketganidan keyin, shartnomasidagi banddan foydalanib, jamoani tark etgan.
Eslatib o’tamiz, Yurich bundan avval Rimning “Roma” klubida ham faoliyat yuritgan va qoniqarsiz natijalar sabab iste’foga chiqarilgandi.