Hozirda erkin agent maqomida yurgan gollandiyalik hujumchi Memfis Depay faoliyatini Braziliyaning “Korintians” klubi safida davom ettiradi. Bu haqda Globo Esporte xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Depay yangi klubi bilan 2026-yilning oxirigacha mo’ljallangan shartnoma imzolagan. Forvard Braziliya klubi safida 28 oy davomida 11,3 million yevrodan ortiq maosh oladi.
Eslatib o’tamiz, Depayning so’nggi jamoasi Madridning “Atletiko” klubi edi. 30 yoshli futbolchi iyul oyidan beri ishsiz yuribdi.