Argentina terma jamoasi va “Inter” klubi hujumchisi Lautaro Martines joriy yilgi “Oltin to’p” uchun davogarlar qatoriga kirgani haqida fikr bildirdi.
“Men o’tkazgan mavsumni hisobga olsak, nomzodlar qatoridan joy olishga loyiqman. Bu darajaga erishish uchun juda ko’p mehnat qildim.
Men ketma-ket ikkinchi bor “Oltin to’p”ning so’nggi bosqichidaman va o’ylaymanki, bu yerda qolish uchun menda hamma narsa bor”, – deydi Martines.
Ma’lumot uchun, Lautaro o’tgan mavsum klub safida jami 44 ta o’yin o’tkazib, 27 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, forvard Argentina terma jamoasi bilan Kopa Amerikada ham bosh sovrinni qo’lga kiritdi.