“Manchester Siti” yarim himoyachisi Kevin De Bruyne joriy mavsum taqvimi haqida keskin fikr bildirdi.
“Fasllar uzayib bormoqda. Balki bu mavsumda hammasi yaxshi bo’lar, lekin 2026-yilgi Jahon chempionatini hisobga olsak, taqvim yanada qiyinlashadi.
Bunga yechim topishga harakat qilindi, ammo hech narsa o’zgarmadi. UEFA va FIFA bu holat bilan qiziqmaydi, chunki ularga faqat pul kerak, boshqa hech narsa emas!”, – deydi De Bruyne.
Ma’lumot uchun, De Bruyne joriy mavsum 4 ta o’yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “shaharliklar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yoziga qadar amal qiladi.