Bugun Qatar poytaxti Doha shahrida FIFA Football Awards-2024 taqdirlash marosimi bo’lib o’tadi.
GE nashri xabariga ko’ra, yilning eng yaxshi futbolchisi sovrini Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Juniorga topshiriladi.
Shu tariqa, Vinisius 2007-yildan buyon dunyoning eng yaxshi futbolchisi mukofotini qo’lga kiritgan birinchi braziliyalik bo’ladi.
Eslatib o’tamiz, 2024-yilgi “Oltin to’p” uchun ovoz berishda Vinisius “Manchester Siti” va Ispaniya terma jamoasi a’zosi Rodriga yutqazib qo’ygandi.