Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi JCh-2026’da ishtirok etishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
“JCh-2026? Yil endi boshlandi, uni katta ishtiyoq bilan boshlayapman. Umid qilamanki, o’zimni yaxshi his qilaman va mavsumoldi tayyorgarlikni yaxshi o’tkazaman, shunda rasmiy o’yinlarda eng yaxshi formada bo’laman”, – deydi Messi.
Ma’lumot uchun, Leo joriy mavsum barcha turnirlarda 22 ta o’yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 20 million yevroga baholanmoqda.