“Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardo Silva mavsumdagi tig’iz o’yinlar taqvimi haqida gapirdi.
“Bu ahmoqona jadval. Bir necha oy davomida har uch kunda o’ynashimiz mumkin. Bu haqiqatdan ham absurd.
Men oilam va yaqinlarimga juda kam vaqt ajratishimga to’g’ri keladi. O’yinlar taqvimi shunchaki bema’nilik”, – deydi Silva.
Ma’lumot uchun, Bernardo joriy mavsum APL’da 3 ta o’yin o’tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “shaharliklar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilga qadar amal qiladi.