O’zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2026 saralashi 3-bosqichida KXDR terma jamoasini minimal hisobda mag’lub etdi.
Uchrashuvdagi yagona gol 20-daqiqada Jaloliddin Masharipov tomonidan kiritildi.
Terma jamoamiz ushbu g’alabadan so’ng 3 ochkoni qo’lga kiritdi va to’plar nisbatiga ko’ra 3-o’rindan joy oldi.
Eldor Shomurodov esa ushbu g’alabaga quyidagicha munosabat bildirdi.
“+3”, – deb yozdi Shomurodov o’zining Instagram sahifasida.

Eslatib o’tamiz, Srechko Katanes shogirdlari JCh-2026 saralash bosqichi doirasidagi navbatdagi o’yinini 10-sentyabr kuni Qirg’iz Respublikasiga qarshi o’tkazadi.