Yengil vazn toifasida amaldagi Bellator chempioni Usmon Nurmagomedov haqiqiy erkakka xos fazilatlar haqida gapirdi.
“Hozir haqiqiy erkak bo’lish juda qiyin. Buni isbotlash kerak. Erkak ekanligingiz uchun sizni hech kim sevmaydi. Hatto ota-onangiz ham.
Siz uyda o’tirganingizda, hatto ota-onangiz ham haydab yuborishadi: “Ish top, biror narsa qil”, – deb.
Siz vaqtingizni behuda sarflayotganingizdan jamiyatga foyda yo’q. Shuning uchun, oilangiz va jamiyat sizni qadrlashini istasangiz, mehnat qilishingiz va bor kuchingizni sarflashingiz kerak. Mehnat har doim o’z samarasini beradi”, – deydi Nurmagomedov.
Eslatib o’tamiz, 8-sentyabr kuni Usmon Nurmagomedov Aleksandr Shabliyga qarshi Bellator chempionlik kamarini himoya qiladi.