Madridning “Real” klubi “River Pleyt”ning 16 yoshli yarim himoyachisi Franko Mastantuononi o’z safiga qo’shib olmoqchi.
Xabarlarga ko’ra, “Real” klubi sport direktori Santyago Solari ushbu transfer bo’yicha muzokara olib bormoqda. Futbolchining shartnomasidagi tovon puli 45 million yevroni tashkil qiladi.
AS nashrining xabariga ko’ra, “qaymoqranglilar” Franko uchun 25 million yevro taklif qilmoqda. Shuningdek, Mastantuononi yana bir yil hozirgi jamoasida qoldirishini ham istisno qilmayapti. Futbolchining o’zi esa, ushbu transferga qarshi emas.