Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaning so’nggi o’n yillikdagi rekordini o’rnatdi.
“Ko’k-anorranglilar” Ispaniya chempionatining 1-turida “Valensiya”ni (2-1), 2-turida “Atletik”ni (2-1), 3-turida “Rayo Valekano”ni (2-1) mag’lub etdi.
Shu tariqa, Xansi Flik so’nggi o’n yil ichida La Ligani ketma-ket uchta g’alaba bilan boshlagan “Barselona”ning birinchi murabbiyiga aylandi.
Oxirgi marta bunday natijani Luis Enrike qayd etgandi. 2014/2015-yilgi mavsumda ham kataloniyaliklar chempionatni uchta g’alaba bilan boshlagandi.
Ma’lumot uchun, “Barselona” hozirda 9 ochko jamg’argan holda La Liga turnir jadvalida birinchi o’rinda bormoqda.