Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Fransisko Konseysao mushaklaridan jarohat oldi. Bu haqda Sky Sport xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, portugaliyalik futbolchi kamida bir oygacha maydonga tusha olmaydi.
Ma’lumot uchun, “Yuventus” Konseysaoni “Portu”dan mavsum oxirigacha ijaraga olgandi. Transfer narxi esa 7+3 million yevroni tashkil qilgandi.