Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Frenki de Yong qachon mashg’ulotlarga kirishishi aniq bo’ldi. Bu haqda Relevo xabar berdi.
Manbaga ko’ra, de Yong operatsiyadan bosh tortgan va kelasi haftadan boshlab mashg’ulotlarni boshlaydi. Biroq, mutaxassislar futbolchining jarohati qaytalanish ehtimoli yuqori ekanligini aytishmoqda.
Eslatib o’tamiz, de Yong o’zining so’nggi o’yinini aprel oyida o’tkazgandi. Hozirda “Barselona” La Liganing to’rt tur yakuniga ko’ra 12 ochko bilan birinchi o’rinda bormoqda.