“Manchester Yunayted” hujumchisi Amad Diallo mashg’ulotlar chog’ida to’pig’idan jarohat oldi va mavsumning qolgan qismini o’tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda jurnalist Kris Uiler xabar bermoqda.
“Mavsumning shunday hal qiluvchi pallasida ushbu xabarni yozayotganimdan juda xafaman. Afsuski, jarohat tufayli bir muddat uyda qolaman.
Men har qachongidan kuchliroq bo’lib qaytaman! Bizni hali ko’p o’yinlar kutib turibdi”, – deb yozdi Diallo ijtimoiy tarmoqlarda.
Ma’lumot uchun, Diallo 2021-yildan buyon mankunianliklar safida o’ynab kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2030-yilga qadar amal qiladi.