Yengil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Tony Fergyuson muxlislarga murojaat bilan chiqdi.
“Hammaga salom, menda juda qiziqarli yangiliklar bor. Uni tez orada e’lon qilaman.
Hozircha hech narsa deya olmayman, kuting. Faqat chempionlik!”, – deydi Fergyuson.
Eslatib o’tamiz, Toni o’zining so’nggi janggini avgust oyida Maykl Kyezaga qarshi o’tkazgan va sabmishen orqali mag’lub bo’lgan.