Angliya terma jamoasi Millatlar Ligasi guruh bosqich o’yinlaridan oldin birdaniga uchta futbolchisidan ayrildi.
England Football xabariga ko’ra, yarim himoyachilar Fil Foden va Koul Palmer hamda markaziy hujumchi Olli Uotkins sog’lig’idagi muammolar sabab terma jamoani tark etgan.
Eslatib o’tamiz, Angliya terma jamoasi Millatlar Ligasi doirasida 7-sentyabr kuni Irlandiyaga qarshi maydonga tushadi. 10-sentyabr kuni esa Finlandiya bilan bahs olib boradi.