Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Chempionlar Ligasining umumiy bosqichi 7-turidan oʻrin olgan «Slaviya» — «Barselona» (2:4) uchrashuvidagi tartibbuzarliklar uchun kataloniyaliklarni 30,5 ming yevro miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda UEFA maʼlumotiga tayanib Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Manbaga koʻra, sanksiyalar muxlislar tomonidan fayerlar yoqilgani uchun 15,5 ming yevro, jamoaning maydonga chiqishni kechiktirgani uchun esa 15 ming yevro miqdorida taqsimlangan.
Taʼkidlanishicha, uchrashuvning kechikib boshlanishiga bosh murabbiy Hans-Diter Flikning harakatlari sabab boʻlgan. Shu sababli UEFA nemis mutaxassisini rasman ogohlantirdi. Agar bunday holat yana takrorlansa, Flikka nisbatan jiddiyroq jazo choralari koʻrilishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Chempionlar Ligasining umumiy bosqichi yakunlariga koʻra, «Barselona» 16 ochko jamgʻarib, turnir jadvalida beshinchi oʻrinni band etdi va keyingi bosqichga yoʻl oldi.
