Kataloniyaning “Barselona” klubi yangi futbolchisi Dani Olmo Lamin Yamal haqidagi fikrlari bilan o’rtoqlashdi.
“Yamalning o’yinlari meni hayratda qoldirmadi. Yevropa chempionatida bu yigitning nimalarga qodirligini hamma ko’rdi.
Bizning o’zaro munosabatlarimiz yaxshi. Umid qilamanki, biz birgalikda “Barselona” muxlislariga ko’plab yaxshi lahzalarni taqdim etamiz”, – deydi Olmo.
Ma’lumot uchun, Yamal joriy mavsum klub safida jami 4 ta o’yinda maydonga tushib, bitta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 120 million yevroga baholanmoqda.