Madridning “Real” klubi PSJ himoyachisi Ashraf Hakimini jamoaga qaytarish haqida o’ylamoqda. Bu haqda Todofichajes nashri xabar bermoqda.
Eslatib o’tamiz, Hakimi “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Madriddagi muvaffaqiyatsizlik sabab futbolchi 2020-yilda “Inter”ga yo’l olgan. 2021-yilda esa PSJ safiga borib qo’shilgan.
Ma’lumot uchun, Hakimi joriy mavsum Liga 1’da 3 ta o’yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 60 million yevroga baholanmoqda.