UEFA Chempionlar ligasining 2024/2025-yilgi mavsumi uchun foydalaniladigan rasmiy to’plarni e’lon qildi.

“To’p klassik ko’rinishga ega, ammo texnikogiyasi yangilangan.
Chempionlar ligasining yangi to’pi ajoyib soddalik bilan bog’liq bo’lib, turnirning ramziy yulduzlari oq olti burchakli fonda qora rangda tasvirlangan”, – deyiladi UEFA bayonotida.
Eslatib o’tamiz, 2024/2025-yilgi mavsumdan boshlab Chempionlar ligasida 32 ta emas, 36 ta jamoa ishtirok etadi. Final uchrashuvi 2025-yil 31-may kuni Myunxendagi “Alyans Arena”da bo’lib o’tadi.