Yozgi transferlar oynasida “Napoli”ga kelib qo’shilgan Romelu Lukaku Viktor Osimhenga tegishli bo’lgan 9-raqamni olishdan bosh tortdi.
Eslatib o’tamiz, bu yozda “Napoli”ni tark etishini ma’lum qilgan, lekin transferi amalga oshmay qolgan Viktor Osimhen klubning Italiya chempionati uchun ro’yxatidan o’chirilgandi.
Keyinchalik A Seriya rasmiy saytida Lukaku 9-raqamda qayd etilgandi.
Vaholanki, 3-turdagi “Parma”ga qarshi o’yinda belgiyalik forvard 11-raqamli libosda maydonda harakat qildi.
Football Italia xabariga ko’ra, Lukaku Osimhenga bo’lgan hurmati uchun 9-raqamni olishdan bosh tortgan.