“Man. Yunayted” sobiq bosh murabbiyi Erin Ten Xag Bundesligada ish boshlashi mumkin.
Sky Deutschland xabariga ko’ra, “Leypsig” tez orada Marko Rouzni iste’foga chiqarishi mumkin.
“Lyepsig” joriy mavsum barcha turnirlarda so’nggi 6 ta o’yinning 5 tasida mag’lubiyatga uchradi. Nemis klubi 12-turdan so’ng Bundesligada 4-o’rinda, shuningdek, YChL’ning umumiy bosqichida 5 ta o’yinda 0 ochko bilan 34-o’rinda bormoqda.
Qayd etilishicha, Rouzning o’rniga nomzodlar orasida Erik Ten Xag va Rojer Shmidt ham bor.
Mavsum davomida ikkala mutaxassis ham ishdan bo’shatilgan: Ten Xag “Man. Yunayted”dan, Shmidt esa “Benfika”dan.