“Benfika” klubi yarim himoyachisi Joau Nevesh PSJ futbolchisiga aylandi. Bu haqda parijliklar matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko’ra, PSJ 19 yoshli futbolchi bilan 2029-yilgacha mo’ljallangan shartnoma imzolagan.
“Men o’z oldiga yuksak maqsadlar qo’ygan PSJ klubiga qo’shilganimdan xursandman. Jamoadoshlarimga yordam berish, ushbu fantastik klubda har tomonlama o’sish va ko’plab titullarni qo’lga kiritish uchun qo’limdan kelgan barcha ishni qilaman”, – deydi Joau Nevesh.
Ma’lumot uchun, Nevesh “Benfika” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U lissabonliklar safida 75 ta o’yin o’tkazib, 4 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.