Angliyada transferlar oynasi rasman yopildi, ammo klublar o’z tarkiblarini kuchaytirish borasidagi ishlarini to’xtatgani yo’q.
Mirror xabariga ko’ra, “Liverpul” kelasi yozda “Kristal Pelas” himoyachisi Mark Gexini o’z safiga qo’shib olmoqchi.
Eslatib o’tamiz, “Nyukasl” bu yozda Gexini sotib olishga harakat qildi, biroq “Kristal Pelas” o’zining eng yaxshi o’yinchilaridan biri bo’lgan Markni saqlab qolishga muvaffaq boʻldi.
Ma’lumot uchun, Gexining klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar amal qiladi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 38 million yevroga baholanmoqda.