“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik Ten Xag jamoaning yangi mavsumdagi omadsiz starti haqida fikr bildirdi.
“Men Garri Potter emasman. Bu mavsumdagi uchinchi o’yin. Biz yangi jamoa tuzishimiz kerak. Men buni ko’p marta aytganman. Bizda yoshlar va yangi futbolchilar bor.
Jamoamiz yaxshi bo’ladi. Ishonchim komilki, mavsum yakunida “Manchester Yunayted” kubokni yutish imkoniyatiga ega bo’ladi”, – deydi Ten Xag.
Eslatib o’tamiz, “Manchester Yunayted” Angliya Premyer-ligasi 3-turida o’z maydonida “Liverpul”ni qabul qildi va yirik 3:0 hisobida mag’lubiyatga uchradi.