“Manchester Siti” klubi darvozabon Edersonning kelajagi borasida bir qarorga keldi.
TBR Football xabariga ko’ra, “shaharliklar” braziliyalik kiperni saqlab qolmoqchi va shartnomani uzaytirish bo’yicha muzokaralar boshlashni rejalashtirgan.
Eslatib o’tamiz, yozgi transferlar vaqtida 31 yoshli darvozabon Saudiyaga ko’chib o’tishi haqida mish-mishlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, Ederson 2017-yildan buyon “Manchester Siti” safida o’ynab kelmoqda. Darvozabon shu vaqtga qadar klub safida jami 338 ta o’yinda maydonga tushib, 261 ta gol o’tkazib yuborgan.