O’rta vazn toifasida UFC jangchisi, Shara Bullet nomi bilan mashur bo’lgan Sharabutdin Magomedovning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum bo’ldi.
Magomedov 26-oktyabr kuni Abu-Dabida tashkil etiladigan UFC 308 turnirida ishtirok etadi. Unga Armaniston vakili Armen Petrosyan (8-3) raqiblik qiladi.
Ma’lumot uchun, Shara Bullet 2017-yilda professional MMA’da debyut qilgan. 2023-yilning oktyabr oyida esa ilk bor UFC’da oktagonga ko’tarilgan.
Armen Petrosyan esa 2018-yilda professional MMA’da debyut qilgan va 2022-yilda UFC bilan shartnoma imzolagan.