Chempionlar ligasi 1-turidan o’rin olgan bahsda “Monako” va “Barselona” o’zaro to’qnash keldi va yakunda mezbonlar 2:1 hisobida g’alaba qozondi.
Ushbu uchrashuvda Lamin Yamal 17 yoshu 68 kunligida kataloniyaliklar safida Chempionlar ligasidagi o’zining 11-uchrashuvini o’tkazdi.
Shu tariqa, ispaniyalik hujumchi 18 yoshgacha bo’lgan futbolchilar o’rtasida mazkur nufuzli turnirdagi o’yinlar soni bo’yicha mutlaq rekordchiga aylandi. Lamin Jud Bellingem, Youri Tielemans va Uorren Zair-Emerini (10 ta) ortda qoldirdi.
Shuningdek, Yamal turnir tarixida gol urgan eng yosh ikkinchi futbolchiga ham aylandi.
Eslatib o’tamiz, Chempionlar ligasida gol urgan eng yosh o’yinchi Ansu Fati hisoblanadi. U bunday natijani 17 yoshu 40 kunligida amalga oshirgan.