Shenchjenda U-20 Osiyo Kubogi chorak finalidan o‘rin olgan bahslar o‘tkazilmoqda.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreya qarshi maydonga chiqdi.
Uchrashuvning 2-daqiqasida Muhammadali O‘rinboyev penaltidan unumli foydalana olmadi. 18-daqiqada esa Asilbek Jumayev gol urdi va hisobni ochdi. Oradan 8 daqiqa o‘tib, 26-daqiqada Shin Min-Ha hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi bo‘limni koreyaliklar faol boshladi. 56-daqiqaga kelib esa Shin Min-Ha dublga erishdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib – 61-daqiqada Kim Tae-Von darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va aniq zarba yo‘lladi.
90-daqiqada Muhammadali O‘rinboyev uzoq masofadan zarba yo‘llab hisobni qisqartirdi. 90+4-daqiqaga kelib esa Abdug‘ofur Haydarov hisobni tenglashtirdi.
Shundan so‘ng qo‘shimcha bo‘limlarga o‘tildi. Ushbu bo‘limlarda esa gol urilmadi va navbat penaltilar seriyasiga yetib keldi. Unda omad Janubiy Koreyaliklarga klub boqdi.
Koreya yoshlari endi yarim finalda Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi.