“Manchester Siti” 2024/2025-yilgi mavsum uchun yangi safar libosini taqdim etdi.


“Ushbu libos klub tarixidagi eng yorqin lahzalardan biri bo’lgan 1999-yil 30-maydagi “Gillengem”ga qarshi unutilmas kambek amalga oshirilgan paytda kiyilgan libosga hurmat bajo keltiradi.
Klub tarixi qat’iyatlilik va irodali lahzalarga juda boy va 1999-yilgi pley-off finali bunga dalolat beradi. Ikkita to’p farqi bilan mag’lub bo’layotgan “Man. Siti” asosiy vaqtga qo’shib berilgan daqiqalarda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo’lgan. Yakunda esa penaltilar seriyasida g’alaba qozongan”, – deyiladi klub bayonotida.