Bilbaoning “Atletik” klubi vingeri Niko Uilyams yakuniga yetgan yozgi transferlar oynasida unga “Barselona” tomonidan qiziqish bo’lganligi va nega Kataloniya klubiga o’tishni rad etganini tushuntirib berdi.
“Buyuk klublar sizning nomingizni o’z qiziqishlar ro’yxatiga kiritishi har doim yoqimli, lekin men bu yerda qolishni xohlaganim har doim aniq edi. Men bu klubga yaxshi natija keltirish istagidaman.
“Barselona” bilan muzokaralar olib borilyaptimi? Bu mening vakilimga tegishli masala. Turli klublar bilan muzokaralar bo’lgan, ammo mening qalbim “Atletik”ga tegishli va men shu yerda qolmoqchiman. Biroq kelajakda nima bo’lishini bilmayman”, – deydi Uilyams.
Ma’lumot uchun, Uilyamsning “Atletik” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yozida yakuniga yetadi.