Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Kilian Mbappe transferi haqida gapirdi.
“Avvalo, u jamoaga moslashib olishi kerak. Uning bu yerda ekanligidan juda xursandmiz. Chunki u ajoyib fazilatlarga ega va ishonchim komilki, u tezda moslashib ketadi.
“Real”da hamma uning bu yerda ekanligidan juda xursand: muxlislar, klub, futbolchilar, murabbiylar. Ishonchim komilki, u katta muvaffaqiyatlarga erishadi”, – deydi Karlo Anchelotti.