“Benfika” klubi yarim himoyachisi Anxel Di Mariya faoliyatidagi eng yomon murabbiy kim ekanligini aytdi.
Argentinalik futbolchidan u bilan birga ishlagan eng yaxshi uchta murabbiy kim ekanligi so’raldi. Anxel ularning kimligini aytmadi, aksincha, eng yomonini aytdi.
“Lui van Gal eng yomoni, men sizni ishontirib aytamanki, u eng yomoni. Agar sizda biron bir shubha bo’lsa, men ularni yo’q qilishga tayyorman”, – deydi Di Mariya.
Ma’lumot uchun, Di Mariya gollandiyalik murabbiy bilan 2014-yildan 2015-yilgacha “Manchester Yunayted”da birga ishlagan.